Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida maxsus ishchi guruh tomonidan tyutorlik lavozimi bo‘yicha oliygohdagi mavjud ish o‘rinlari bo‘yicha suhbat o‘tkazildi.
Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor N.Dusanov, Talabalar orasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashga mas’ul bo‘lgan rektor maslahatchisi U.To‘raqulov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘lim boshlig‘i S.Risboyev va barcha fakultet dekanlari ishtirok etdilar.
Suhbat davomida nomzodlar har tomonlama sinovdan o‘tkazilib, ularning tarbiyaviylik darajasi, til bilish qobiliyati hamda kompyuter savodxonligi kabi malaka va ko‘nikmalari tekshirildi.