Ma’lumki, hozirda talaba-yoshlarimiz yozgi ta’til vaqtida. Shunday bo‘lsa-da, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida ular o‘rtasida o‘ziga xos online tanlovlar o‘tkazilmoqda. Shulardan yana biri “Sport sog‘lik – garovi” shiori ostidagi online videoroliklar tanlovidir.
Mazkur tanlov ishtirokchilari tomonidan tayyorlangan videolar joriy yilning 2022-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar tashkiliy qo‘mita tomonidan qabul qilindi va ko‘rib chiqildi.
Yakuniy natijalar esa quydagicha:
1-o‘rin – Sportni boshqarish va turizm fakulteti JTSMN 51-19 guruh talabasi Abdullayev Zafar Maxmud o‘g‘li;
2-o‘rin – Magistratura MSF 53-21 magistranti Sultonov Husan Dilmurod o‘g‘li;
3-o‘rin – Sportni boshqarish va turizm fakulteti GM 51-19 guruh talabasi Hakimov Otabek Aziz o‘g‘li qo‘lga kiritdi.
Tanlov g‘oliblari universitet rektorining I, II va III darajali diplomlari hamda
1-o‘rin bir million (1000000) so‘m,
2-o‘rin yetti yuz ellik ming (750000) so‘m,
3-o‘rin besh yuz ming (500000) so‘m kabi pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar!
Faol ishtirokingiz uchun tashakkur!