#Qabul2022
Bugun, 8-avgust kuni 2022/2023-oʻquv yili uchun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida alohida iqtidor talab etiladigan Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha kasbiy (ijodiy) imtihonlarning so‘nggi kuni bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 30 iyunidan 8 avgust kuniga qadar tashkil etilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarda jami 6613 nafar abituriyentlar sport mahoratlarini sinovdan o‘tkazdi.
Maʼlumot o‘rnida universitetning Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) bakalavriat taʼlim yo‘nalishi kunduzgi va sirtqi taʼlim shakli bo‘yicha jami 7650 nafar abituriyent kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etishi rejalashtirilgan. Shundan, 1037 nafari turli sabablarga ko‘ra kasbiy (ijodiy) imtihonlarda qatnashmadi.
Universitet jamoasi kasbiy (ijodiy) imtihonlarda ishtirok etgan barcha abituriyentlarning test sinovlariga omad tilab, ularni talabalarimiz qatorida ko‘rishni istab qoladi.