Mamlakatimizda yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida oʻzining yuksak azm-u shijoati, bilim va salohiyati, isteʼdod va qobiliyatini namoyon etib, turli sohalarda erishgan yutuqlari bilan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotiga, uning shon-shuhratini jahon miqyosida yanada yuksaltirishga munosib hissa qoʻshayotgan, el-yurtimizga mehri va sadoqati, namunali xulqi va odobi hamda vatanparvarlik fazilatlari bilan tengdoshlariga har tomonlama oʻrnak boʻlib kelayotgan bir qator tashabbuskor va yetakchi yoshlarimiz “Kelajak bunyodkori” medali bilan mukofotlandi.
Quvonarlisi, mukofotlanganlar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 2 nafar talabasi ham bor:
1. Norchayev Xusain Toʻraqul oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) aʼzosi;
2. Erkinov Hojimat Botir oʻgʻli — Futbol boʻyicha Oʻzbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) aʼzosi.