#Xushxabar
Xabaringiz bor, Badiiy gimnastika bo‘yicha Tailandning Pattayya shahrida o‘tkazilgan qit’a birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda 15 mamlakatdan eng sara gimnastikachilar qatnashib, o‘zlarining bor mahoratini namoyon etishdi. Yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan hamyurtlarimiz esa musobaqa davomida jamoaviy dasturda chempionlikni qo‘lga kiritdi. Yakuniy hisob bo‘yicha ishtirokchi qizlarimiz Osiyo chempionatida 18 ta medal jamg‘arib, qit’ada tengsiz ekanliklarini isbotlashdi.
Eng quvonarlisi, mazkur sovrindorlar orasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti, Sportni boshqarish va turizm fakultetining “Gimnastika nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi talabalari Tashkenbayeva Sabina hamda Abduraufova Xurshidalarning ham borligi universitet jamoasi uchun yana bir bor faxr tuyg‘usini his etishga undadi!
Universitetimiz vakilalariga doimo olg‘a intiling deb qolamiz!