#xalqaro_hamkorlik
Joriy yilning 23 may kuni davlat rahbari raisligida sportni ommalashtirish, sport ta’limi yaxshilash doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan edi.
Ushbu yig‘ilishdagi vazifalar ijrosini ta'minlash maqsadida ayni kunlarda universitet rektori M.Boltabayev rahbarligidagi delegatsiya Latviya Respublikasi Riga shahrida bo'lib turibdi.
Jismoniy tarbiya va sport ta'limini rivojlantirish, xalqaro OTMlar bilan aloqalarni yo'lga qo'yish maqsadida O'zbekiston Respublikasining Latviyadagi favqulodda va muxtor elchisi Qadamboy Sultonov bilan Riga shahrida rasmiy uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuv davomida ikki tomonlama sport ta'limi va sport mutaxassislarini tayyorlash bu borada Boltiqbo'yi davlatlari bilan keng hamkorlik aloqalarini yo'lga qo'yish bo'yicha muzokalar olib borildi.
Ma'lumot uchun, universitet delegatsiyasining Boltiqbo'yi davlatlariga (Latviya, Litva) rasmiy tashrifi 24 iyungacha davom etadi.