Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori, professor M.Boltabayev Sport o‘yinlari fakultetining 2 – 3-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Unda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori N.Dusanov, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor I.Ahmedov, , Sport o‘yinlari fakulteti dekani A.Boltayev hamda kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar va tyuterlar ishtirok etishdi.
Uchrashuv davomida yurtboshimizning 2022-yil 11-apreldagi “Mahallalarda yoshlarni ommaviy sportga jalb qilishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan ustuvor vazifalardan kelib chiqib,
2 – 3-bosqich talabalari 2022 – 2023-o‘quv yilida amaliyotni o‘zlari istiqomat qiladigan mahallarda o‘tashlari, shuningdek, u yerda besh bosqichli ommaviy sport turlari bo‘yicha musobaqalarni tashkillashtirishda bevosita qatnashishlari haqida alohida ta’kidlandi. Shu bilan birga, kun tartibidagi boshqa masalalarga ham to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir yakunida esa rektor talabalar tomonidan berilgan barcha savollarga atroflicha javob qaytarib, yo‘l qo‘yilayotgan ba’zi kamchiliklar yuzasidan mas’ul xodimlarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdi.