👦🗓2026-yil 16-17-oktyabr kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining 50 nafar professor-o'qituvchilari, ishchi xodimlari hamda talabalaridan iborat 🚌turizm karvoni Buxoro hamda Samarqand shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat uyushtirishdi.
➡️Ma'lumot o'rnida
🟢Buxoro arki — Oʻzbekistonning Buxoro shahridagi eng qadimiy monumental va arxeologik qalʼa boʻlib, Buxoro xonligi hukmdorlarining bosh qarorgohi boʻlgan.
🟢Qalʼa qurilishi tarixi miloddan avvalgi IV–I asrlarga borib taqaladi.
🟢Maydoni va balandligi: Balandligi taxminan 20 metr, maydoni esa 4 gektar atrofida.
🟢Tuzilishi: Ark ichida hukmdorlar saroyi, davlat devonlari, zarbxona, masjid, sardoba (suv ombori) va turar joylar joylashgan.
🟢Bugungi holati: Hozirgi kunda bu yerda i Buxoro viloyat oʻlkashunoslik muzeyi (Buxoro davlat Buxoro arki - Sayyoh) faoliyat yuritadi.
🟡Imom al-Buxoriy majmuasi — Samarqand viloyati Payariq tumanining Xartang qishlog‘ida joylashgan ulkan ziyoratgoh va memorial majmua. U mashhur muhaddis Imom al-Buxoriy qabri ustiga qurilgan bo‘lib, masjid, maqbara va 154 ustunli milliy uslubdagi ayvondan iborat. Majmua hududi 45 gektardan ortiq bo‘lib, 10 mingdan ortiq namozxonni sig‘dira oladi.
🔺Majmua tarkibida ilg‘or axborot texnologiyalari asosida 9 pavilondan iborat innovatsion muzey barpo etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasini namoyon etadi. Shuningdek, muzeyda Qur’oni karimda ismlari zikr qilingan 25 payg‘ambar tarixi, Muhammad alayhissalomning shajarasi, Makka va Madinadagi hayoti, hadislarning jamlanishi va yozilishi haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan. Qadamjoda 14 ta moviy gumbaz, 75 metrlik 4 ta minora bor.
📑Ushbu sayohat universitetda sidqi dildan o‘z mehnat faoliyatini olib borayotgan professor-o‘qituvchi va ishchi xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish, talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek, respublikamiz bo‘ylab turizm obyektlariga sayohat tashkil etib, ular haqida keng ma’lumotlarga ega bo‘lishlarini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.