✅ Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasida universitet rektori Rashid Matkarimov magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🗣Uchrashuv davomida davlatimiz rahbari tomonidan yosh olimlar va tadqiqotchilar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, sport ilm-fanining bugungi kundagi dolzarb muammolari hamda ularning ilmiy asoslangan yechimlari xususida fikr yuritildi.
☑️Xususan, sportda tahlil va rejalashtirish, ilmiy gipotezalarni shakllantirish, turli ilmiy farazlarni sinovdan o‘tkazish orqali sport sohasida yangi ilmiy natijalarga erishish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💻 Shuningdek, ilmiy tadqiqotlar jarayonida sun’iy intellekt va zamonaviy texnologiyalardan to‘g‘ri, samarali hamda maqsadli foydalanish, ularning ilmiy izlanishlar sifatini oshirishdagi o‘rni muhokama qilindi.
🏆 Prezident olimpiadasi — ilmiy tadqiqotlar uchun muhim imkoniyat
💼 2026-yil 27-oktabr 8-noyabr kunlari o'tkaziladigan “Prezident Olimpiadasi” musobaqasining respublika bosqichi jarayonlaridan ilmiy tadqiqotlar uchun samarali foydalanish masalasi ham uchrashuv kun tartibidan o‘rin oldi.
⚡️ Shu bilan birga, kelgusida o‘tkaziladigan yirik sport musobaqalarida g‘olib va sovrindorlar, xususan, 1–3-o‘rinlarni egallagan sportchilar orasidan istiqbolli nomzodlarni aniqlash va ular bo‘yicha sportchilar zaxirasi ma’lumotlar bazasini shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
🤝Uchrashuv davomida magistrantlar va ilmiy tadqiqotchilarning takliflari, ularni qiynayotgan muammolar tinglandi.
✅ Bildirilgan murojaatlar yuzasidan tegishli yechimlarni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.
🤼 Uchrashuv sport musobaqasi bilan davom etdi
🟢Tadbir yakunida ishtirokchilar Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan tashkil etilgan yunon-rum kurashi bo‘yicha rektor kubogi musobaqasini tomosha qildilar.
🟢Mazkur uchrashuv yosh tadqiqotchilarni qo‘llab-quvvatlash, sport ilm-fanini rivojlantirish, ilmiy izlanishlarni amaliyot bilan uyg‘unlashtirish hamda istiqbolli sportchilarni aniqlash borasidagi muhim tashabbuslardan biri bo‘ldi.