O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, Fan va Innovatsiyalar vazirining 2026-yil 5-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlashga qaratilgan “Workshop” hamda mehnat yarmarkalari (karyera kunlari)ni tashkil etish to‘g‘risida”gi 84-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-aprel kuni Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasiga Toshkent viloyati sport oʻyinlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi triatlon sport turi bo'yicha murabbiy T.Xakimov tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida kafedra bitiruvchi talabalari ishtirokida triatlon sportiga bag‘ishlangan davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu suhbat davomida, bitiruvchi bosqich talabalari uchun mahorat darslarini tashkil etish hamda ish beruvchi tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Bu orqali talabalarni amaliy jihatdan yanada tayyorlash, ularning kasbiy ko‘nikmalarini mustahkamlash va kelgusida ish bilan ta’minlash imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan muhim tavsiyalar berildi
Suhbat yakunida triatlon yo‘nalishiga qiziqish bildirgan talabalarga sport maktablarida ishlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi. Xakamlik va volontyorlik faoliyatida faol ishtirok etib kelayotgan talabalarga Triatlon federatsiyasi tomonidan maxsus sertifikat va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishdi. Bu esa talabalar uchun amaliyot o‘tash va kelgusida doimiy ish bilan ta’minlanish imkoniyatlarini yanada kengaytirishga xizmat qiladi