Universitetda oktyabr–dekabr oylariga mo‘ljallangan “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” shiori ostidagi tadbirlar kalendar rejasi doirasida, 2025-yil 10-dekabr kuni Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan “Sport va milliy o‘yinlar festivali” tashkil etildi.
🎗Mazkur festivalning maqsadi — talaba-yoshlar o‘rtasida milliy qadriyatlarimizni keng targ‘ib qilish, ularni jismoniy faollikka chorlash, sog‘lom turmush tarzini mustahkamlash hamda sportning turli yo‘nalishlari bo‘yicha ko‘nikmalarni rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.
➡️Festival doirasida an’anaviy milliy va harakatli o‘yinlardan:
⏺ qirqtosh,
⏺yog‘och o‘yinlari,
⏺ arqon tortish,
shuningdek, sport yo‘nalishlari bo‘yicha voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Talabalar jamoalari o‘rtasidagi bellashuvlar yuqori kayfiyatda, o‘zaro raqobat va jamoaviy hamjihatlik ruhida o‘tdi.
📑Tadbirning yana bir yorqin qismi sifatida milliy urf-odat va an’analarni targ‘ib etish maqsadida milliy taomimiz — osh damlab, ishtirokchilarga tortiq etildi. Shuningdek, talaba qizlarimiz tomonidan poliz ekinlari va meva-sabzavotlardan karving san’ati bo‘yicha namunali ishlar namoyish etildi. Bu ko‘rgazma festivalga alohida badiiy va ma’naviy ruh bag‘ishladi.
➡️Festival yakunida faol ishtirok etgan talabalar va jamoalar kafedra tomonidan taqdirlandi.