Joriy yilning 9-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Jangavor yakkakurash sport turlari, Yengil atletika, Suv sport turlari nazariyasi va uslubiyati hamda Adabtiv jismoniy tarbiya va parasport kafedrasi professor o‘qituvchilari tomonidan talabalar turar joyida zararli odatlarning oqibatlarini oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.
📑Tadbir davomida mutaxassislar chekish, spirtli ichimliklar iste’moli, internetdan noo‘rin foydalanish kabi keng tarqalgan zararli odatlarning salbiy oqibatlari yuzasidan batafsil tushuntirish ishlari olib bordi.
➡️Shuningdek, talabalar uchun sog‘lom turmush tarziga amal qilish, ma’naviy immunitetni mustahkamlash, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va zararli muhitdan o‘zini himoya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.
✅Tadbir yoshlar orasida sog‘lom hayot tamoyillarini targ‘ib etishga va salbiy illatlarning oldini olishda mas’uliyatni kuchaytirishga xizmat qildi.