Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Sun’iy intellekt” kafedrasi vakillari o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
⚡️Uchrashuv davomida quyidagi masalalar muhokama qilindi:
🗣Ikki tomonlama ilmiy va o‘quv-metodik hamkorlikni kengaytirish;
🔺Sun’iy intellekt sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish;
➡️universitetlar o‘rtasida innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;
➡️yangi ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlarini shakllantirish.
🧠 Kelajakda sun’iy intellekt doirasida bajariladigan loyihalar bo‘yicha aniq rejalar ishlab chiqildi. Mazkur hamkorlik ta’lim jarayoniga innovatsion yondashuvlarni tatbiq etish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning raqamli kompetensiyalarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
✔️Uchrashuv ikki tomonlama manfaatli kelishuvlar bilan yakunlandi.