Joriy yilning 6-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari O‘. Chankayev va Sh. Haydarovlar 1-bosqich talabalari bilan Chirchiq shaharining tarixiy muzeyiga tashrif buyurdilar.
➡️Sayohat davomida Chirchiqning boy tarixini yana bir bor ko’zdan kechirdilar. Dastlabki ekspozitsiyadagi ibtidoiy tuzim davrini ifodalovchi eksponatlar Chirchiq shahrining hududi Sharq tsivilizatsiyasining eng qadimgi o’choqlaridan biri bo’lganligidan guvohlik beradi.
💠Chirchiq xalqining o’rta asrlardagi buyuk madaniy merosi ham ekspozitsiyada o’z ifodasini topgan. Ayniqsa, Temur va temuriylar davriga bag’ishlangan ekspozitsiyada Amir Temur sa’y- harakatlari natijasi o’laroq, fan va madaniyatning yuqori darajada rivojlanganligi haqida hikoya qiluvchi ko’plab eksponatlarni ko’rish mumkin.