🟢“Sportchilarni psixologik tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani davom etmoqda.
➡️ Bugun universitetda “Sportchilarni psixologik tayyorlashning dolzarb muammolari” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida Futbol akademiyalari hamda Sport maktablarining sport psixologlari uchun seminar-trening tashkil qilindi.
🟢 Tadbir universitetning Sport psixologiyasi laboratoriyasida o‘tkazildi.
Seminar davomida “Sport tashkilotlarida psixologik xizmatlarni tashkil etish ishlari samaradorligini oshirish” mavzusida p.f.d., professor Z.G. Gapparov, p.f.d., professor J.M. Ishtaev hamda p.f.b.f.d., dotsent O. Xasanovlar tomonidan amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.
✅ Shuningdek, sportchining psixologik pasportini yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mavjud muammolar yuzasidan fikr almashildi.
🔘 Tadbir sport psixologiyasini rivojlantirish va sportchilarni ruhiy tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.