Joriy yilning 4–7-noyabr kunlari Tennis, badminton va stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri v.b. Shahnoza Saidova Xitoy Xalq Respublikasining Zhanjiang shahrida bo‘lib o‘tgan birinchi Xalqaro Xitoy–Belarus forumida ishtirok etdi.
➡️Mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjuman Lingnan Normal universiteti (Xitoy) hamda Belorussiya davlat jismoniy tarbiya universiteti hamkorligida “Jismoniy madaniyat va sportni rivojlantirish” mavzusida tashkil etildi. Forumning asosiy maqsadi – jismoniy tarbiya va sport sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribalarni o‘rganish va o‘zaro ilmiy almashinuvni rivojlantirishdan iboratdir.
🟡Forum davomida Sh. Saidova “Innovatsion klasterlar – fan, ta’lim va sport integratsiyasining zamonaviy shakli (O‘zbekiston misolida)” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etib, O‘zbekiston oliy ta’lim tizimida jismoniy tarbiya yo‘nalishida olib borilayotgan islohotlar, zamonaviy o‘quv dasturlar hamda o‘qituvchilarning malakasini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida ma’lumot berdi.
🔺Tadbir davomida u nafaqat ilmiy-amaliy tajriba almashdi, balki Lingnan Normal universitetida qisqa muddatli stajirovka dasturida ishtirok etib, o‘z kasbiy mahoratini yanada oshirdi.
🔴Mazkur tashrif xalqaro hamkorlik aloqalarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar salohiyatini rivojlantirish va universitetning xalqaro nufuzini oshirish yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
✅O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti jamoasi kelgusida ham xalqaro ilmiy loyihalarda faol ishtirok etish, ilg‘or tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish orqali mamlakatimizda sport ta’limining sifatini oshirishga xizmat qiluvchi tashabbuslarni davom ettirishni rejalashtirmoqda.