✔️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 fevraldagi PQ-3514-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturini tegishli tartibda bajarish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti tomonidan qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
🔺Vatanimizning tarixiy joylari va o‘tmish madaniyatini o‘rganish har bir insonning ma’naviy va madaniy dunyoqarashini kengaytirishda alohida ahamiyat kasb etishini inobatga olib, universitet xodimlari, Yoshlar ittifoqi faollari va talabalardan iborat turizm karvonining 7-9-noyabr kunlari tarixiy Xiva shahriga sayohati tashkil etildi.
⏺Yurtimizning tarixiy shaharlaridan biri bo’lmish Xiva shahriga uyushtirilgan sayohat taassurotlarga boy bo‘lib, maroqli yakuniga yetdi.