🔺 “Jasur” filmi — Vatanga sadoqat va mardlik timsoli
➡️Joriy yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Tennis, badminton, stol tennisi nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tashabbusi bilan talaba yoshlar ishtirokida “Jasur” badiiy filmi namoyish etildi.
🟢Filmda yoshlarda Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, tug‘ilib o‘sgan zaminni asrash va uni yovlardan himoya qilish kabi yuksak g‘oyalar o‘z ifodasini topgan. Unda diniy-ekstremistik oqimlar va giyohvand moddalar savdosi bilan shug‘ullanuvchi yovuz kuchlarning mamlakat tinchligi va farovonligiga tahdidi, shuningdek, buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi mard va jasur o‘zbek yigitlari, milliy armiyamiz, xalq tinchligini saqlashni oliy burch deb bilgan o‘g‘lonlarimizning matonati aks ettirilgan.
✅Mazkur film talabalarda mardlik, jasurlik, vatanparvarlik va tinchlikni asrashga doim tayyor bo‘lish tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.