🌎Milliy libos – millat qiyofasi, inson koʻrki, milliy iftixor ifodasidir.
🌎 Joriy yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yoshlar o‘rtasida o‘zbekona kiyinish madaniyati, milliy libos va an’analarimizni keng targ‘ib etish maqsadida universitetning Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchi va talaba qizlari tomonidan “Milliy libos – millat qiyofasi, inson ko‘rki” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil qilindi.
➡️Shu bilan birga talaba qizlarga pazandachilik sir sinoatlarini o‘rgatish maqsadida “Pazanda qizlar" tanlovi tashkil etildi.
🟡Tanlovda qizlar osh, turli mazali shirinlik va pishiriqlar va vitaminlarga boy salatlar tayyorlashdi. Umuman olganda bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida milliy libos, qadriyat va urf-odatlarimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashga, kiyinish madaniyatini yanada yuksaltirishga, shuningdek ularni mustaqil hayot tarziga tayyorlashga xizmat qilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.