#dolzarb_90kun
✔️Xabaringiz bor, hozirda respublikamiz bo‘ylab Prezident tashabbusi bilan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida qator amaliy ishlar olib borilmoqda. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida ham mazkur dastur doirasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
📊Jumladan, joriy yilning 24-iyun kuni universitetning Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti hamda Yoshlar ishlari agentligining Chirchiq shahar bo'limi bilan hamkorlikda oliygoh talabalari, mahalla yoshlari va yetakchilari ishtirokida "Zakovat" intellektual o'yini bo‘lib o‘tdi.
💬Dastlab, universitetning Yoshlar masalalari ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Sherzod Mirzanov tomonidan “Dolzarb 90 kunlik” dasturining maqsad va vazifalari, shuningdek, mazkur dastur doirasida tashkil qilinayotgan tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini yanada mazmunli va samarali o‘tishida muhim ahamiyat kasb etayotganligi haqida o‘z fikrlarini bildirib, ishtirokchi jamoalarga omad tiladi.
♻️Shundan so‘ng o‘yin jarayonlari boshlanib, uni oliygohning Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti raisi Sardor Eshpo‘latov boshqarib borgan bo‘lsa, harbiy soha vakillari jarayonlaridagi shaffoflikni kuzatdilar.
🔽O‘yin davomida universitet talabalari, mahalla yoshlari va yetakchilaridan iborat 8 ta jamoa o‘rtasida qizg‘in bahslar kechib, yakunda quyidagi jamoalar g‘olib va sovrindor bo‘ldi:
🥇“Time off” jamoasi,
🥈“Alfa” jamoasi,
🥉“Yoshlar” jamoasi.