#tashrif
✔️2025-yil 23-iyun kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifboyev oliygohda tashkil etilgan turk tili kursi o‘qituvchisi Hasan Kaya hamda Turkiyaning Bursa shahridagi O‘zbekiston faxriy konsuli, tadbirkor va investor Ali Baklan hamrohligida TIKAning Toshkentdagi muvofiqlashtiruv ofisiga tashrif buyurdi.
💬Tashrif davomida TIKAning Toshkentdagi muvofiqlashtiruv ofisida o‘z faoliyatini yangi boshlagan muvofiqlashtiruvchi Esin Acar Ergin xonim bilan uchrashuv o‘tkazilib, unda Turkiya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, shuningdek, sport sohasi bo‘yicha istiqbollari loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikrlar almashildi.
🎁Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yakunida tomonlar o'zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.