#ilmiy_anjuman
✅Ma’lumki, jismoniy tarbiya va sport sohasida malakali kadrlar tayyorlash hamda ularning pedagogik va ilmiy salohiyatni yanada oshirish va ilmiy-tadqiqot ishlari sifatini tubdan yaxshilashda ilmiy anjumanlar alohida ahamiyat kasb etadi.
📊Bugun, 21-iyun kuni universitetning Tibbiy-biologik fanlar kafedrasi tomonidan “Ayollar sportining muammolari va istiqbollari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo'lib o'tdi.
⏩Unda universitet rektori Rashid Matkarimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Shukurjon Gaziyev, kafedra mudirlari, tegishli bo‘lim rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar, mustaqil izlanuvchilar hamda magistrant va talabalar ishtirok etdi.
💻Anjuman davomida universitet olimlari va professor-o‘qituvchilari tomondan mavzuga oid taqdimotlar qilinib, ularda ayollar sportidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari, shuningdek, mazkur sohani rivojlantirish istiqbollari va ularning ilmiy asoslari aks ettirildi.
📍Yakunda taqdimotlar yuzasidan muhokamalar o‘tkazilib, Anjuman ishtirokchilari tomonidan yo‘llangan savollarga soha olimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.