#murabbiylik_faoliyati
🥋Joriy yilning 12-20 iyun kunlari Vengriya poytaxti Budapesht shahrida dzyudo bo‘yicha yilning eng nufuzli musobaqasi – kattalar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.
✅Mazkur dunyo birinchiligida 93 davlatdan jami 556 nafar dzyudochi medallar hamda jahon reytingi uchun qimmatli ochkolar uchun bahs olib bordilar. O‘zbekiston terma jamoasi ham tajribali murabbiylar ostida ushbu musobaqada ishtirok etdi.
⚡️E’tiborlisi, murabbiylar shtabida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Aziz Tashmatov ham o‘z faoliyatini olib borib, sportchilarimiz g‘alabalariga munosib hissa qo‘shdi.