#hakamlik_faoliyati
🤸♀️2025-yil 18-21 iyun kunlari poytaxtimizdagi Gimnastika markazi majmuasida O‘zbekiston tarixida ilk bor sport gimnastikasi bo‘yicha “World Challenge Cup” xalqaro musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
📍E’tiborlisi, musobaqa davomida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Gimnastika sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsenti Muhammadamin Suleymanov deyarli barcha dasturlarda hakamlik qilib, bahslarni adolatli tarzda baholab bordi.
✅Shuningdek, ushbu xalqaro musobaqada kafedraning 30 nafardan ortiq talablari ham volontyor sifatida faol ishtirok etib, o‘z mahoratlarini oshirdi.