#talaba_yutuqlari
🤺Joriy yilning 17-23 iyun kunlari Indoneziyaning Bali shahrida qilichbozlikning sablya yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
✅Ahamiyatlisi, O'zbekiston qizlar terma jamoasi qit’a davlatlarining kuchli 16 ta terma jamoasi orasida munosib ishtirok etib, bronza medali uchun kechgan shiddatli bahslarda qilichbozlarimiz 45:43 hisob bilan Xitoy jamoasi ustidan g‘alaba qozondi. Quvonarlisi, ushbu erishilgan g‘alabada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti qilichbozlik ixtisosligi talabasi Samira Shakirovaning ham munosib hissasi bordir.
👏💐Qilichboz qizlarimizga bronza medali muborak bo‘lsin!