#Dolzarb_90kun
📌Ma'lumki, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Chirchiq shahridagi universitetga tutash bo‘lgan mahallalar bilan hamkorlikda "Dolzarb 90 kunlik" dasturi doirasida mahalla yoshlari uchun turli sport to‘garaklari tashkil etilgan.
✍️Ushbu to'garaklarda mahalla yoshlari qator sport turlari bilan shug'ullanib, hozirga qadar to‘garaklarda qatnashayotgan yoshlarning soni allaqachon 700 nafarga yetdi. E'tiborlisi, to'garak jarayonlari ota-onalar tomonidan ham kuzatilib, o'z farzandlarining sport bilan hamnafas bo'lishi ularni ham quvontirmoqda.
Chirchiq shahrining aziz yoshlari siz ham universitetimizga keling va o‘zingiz qiziqqan sport turi bilan shug‘ullaning, bunda sizlarga universitetimizning tajribali murabbiylari tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.