#universitet_hayotidan
📆Xabar berganimizdek, oliygoh kafedralarining “Universitetni 2025-yilda rivojlantirishning MAQSADLI KO‘RSATKICHLARI” II chorak bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimotlar bo'lib o'tmoqda.
🥊Navbatdagi taqdimotlar Qishki va murakkab-texnik sport turlari, Adaptiv jismoniy tarbiya va parasport, Voleybol, basketbol, Yengil atletika nazariyasi va uslubiyati, O'zbek va chet tillari, Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish, Tibbiy-biologik hamda Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedralari mas’ullari tomonidan o‘tkazildi.
💻Mas'ullar o'z taqdimotlarda ilmiy, xorijiy, o‘quv-uslubiy va talabalar bilan ishlash yo‘nalishlarida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobot berib, oldindagi ustuvor vazifa va rejalar haqida ham ma’lumot keltirib o'tdilar. O‘z o‘rnida hisobotlardan kelib chiqib maqsadli ko‘rsatkichlar belgilab olindi.