#o‘quv_seminari
✔️O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida Davlat oliy ta'lim muassasalaridagi Sport klublari rahbarlari uchun boshlangan o'quv seminar kursi qizg‘in davom etmoqda.
👨💼E’tiborlisi, ushbu o‘quv kursiga sohaning malakali mutaxassislari jalb etilib, ular tomonidan dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilinmoqda.
➡️Jumladan, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha muatahassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutu rektori v.b. A.Amonovning “Oliy ta’lim muassasalari jismoniy tarbiya va sport mutaxassislari malakasini oshirish masalalari”, universitetning Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, professor B.Musayevning “O‘zbekistonda “Kelajak o‘yinlari” sport turlarini rivojlantirish va ularni yoshlar orasida targ‘ib qilish”, O‘zbekiston talabalar sporti assosatsiyasi raisi o‘rinbosari, professor J.Akramovning “O‘zbekiston talabalar milliy terma jamoasini Butunjahon talabalar universiada o‘yinlarida ishtirok etish tizimi”, Sport vazirligi bo‘lim boshlig‘i F.Turdiyevning “Sport klublari faoliyatini olib borishda xorij tajribalari” hamda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti xorijdan jalb etilgan yetakchi olim G.Korobeynikovning “Jang san'atida qaror qabul qilish va harakat tezligi” mavzularida qilgan taqdimotlari kurs tinglovchilarida katta qiziqish uyg‘otib, ular bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.
📌Eslatib o‘tamiz, ushbu o‘quv seminar kursi ertaga, 19-iyun kuni ham davom etadi.