#Dolzarb_90kun
✔️Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yo‘lga qo‘yilgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida 2025-yil 1-iyundan 30-avgustga qadar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sog‘lomlashtirish, kasb-hunarga yo‘naltirish, shuningdek, ta’lim tashkilotlari o‘rtasida yoz oylarida samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan.
📌Mazkur loyihani amalga oshirish yuzasidan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Chirchiq shahridagi universitetga tutash bo‘lgan mahallalar bilan hamkorlikda dolzarb 90 kunlik doirasida mahalla yoshlari turli sport to‘garaklariga jalb qilinmoqda.
✍️Bugungi kunga qadar ushbu to‘garaklarda qatnashayotgan yoshlarning soni allaqachon 600 nafardan oshiq bo‘lib, ularning safi tobora kengayib bormoqda.
Chirchiq shahrining aziz yoshlari siz ham universitetimizga keling va o‘zingiz qiziqqan sport turi bilan shug‘ullaning, bunda sizlarga universitetimizning tajribali murabbiylari tomonidan mashg‘ulotlar olib boriladi.