#talaba_yutuqlari
2025-yil 12–15-iyun kunlari Tailandda Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo kanoe sprint chempionati bo‘lib o‘tdi.
E'tiborlisi, ushbu nufuzli sport musobaqada universitetning Suv sporti, eshkak eshish turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi o‘qituvchisi Ismoil Egamberdiyev bosh hakam o‘rinbosari sifatida hakamlik faoliyatini amalga oshirib, qizg'in bahslarni munosib tarzda boshqarib bordi.
🛶 Shuningdek, kafedra talabalari chempionat davomida sportchi sifatida ham qatnashib, turli dasturlar bo'yicha g'olib va sovrindorlar safida bo'ldilar:
🥇Arina Tanatmisheva (K-4 W 500 m)
🥇Ziyod Yo‘ldoshaliyev (K-2 M 500 m)
🥇Abdurahmonova Dilshoda (K-4 W 500 m)
🥈Shohsanam Sherzodova (C-1 W 200 m)
📍Aytish joizki, universitet talabalari uchun mazkur musobaqa xorijiy mutaxassislar bilan bevosita tajriba almashish, jamoaviy ishlash va musobaqa tartib-qoidalarini chuqur egallashda katta ahamiyat kasb etdi.