O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusi doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida turli to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan ikkinchi tashabbus doirasida talabalar o‘rtasida sport musobaqalari doimiy ravishda o‘tkazilib kelinmoqda.
Ana shunday sport musobaqalardan navbatdagisi joriy yilning 16-dekabr kuni Sportni boshqarish va turizm fakultetining Gimnastika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan universitet talabalari o‘rtasida gimnastrada sport musobaqasi tshkil etildi.
Unda bakalavriat yo‘nalishining birinchi kursdan to‘rtinchi kursgacha bo‘lgan talabalari ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunida birinchi o‘rinni BG-51-21, ikkinchi o‘rinni BG-01-21 va uchinchi o‘rinni BG-01-18-guruh talabalari egallashdi.
G‘olib jamoalarga kubok, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy