Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan “Voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi tomonidan universitetning Umumiy kurs talabalari o‘rtasida Voleybol musobaqasi tashkil etilgan endi.
Uch kun davom etgan qizg‘in va murosasiz bahsda jami 350 dan ortiq talaba-yoshlar o‘z jamoalari bilan ishtirok etib g‘oliblik uchun jiddiy kurash olib bordilar.
Kuni kecha musobaqaning final bahslari bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa yakuniga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rinni Sport o‘yinlari fakultetining Badminton, tennis nazariyasi va uslubiyati kafedrasi talabalaridan tashkil topgan Shungqorlar jamoasi;
2-o‘rinni Sportni boshqarish va turizm fakultetining Maktabgacha va boshlangich taʼlimda jismoniy tarbiya, sport yo‘nalishi talabalaridan tashkil topgan jamoa;
3-o‘rinni Kurash sport turlari fakultetining Yunonrum kurashi yo‘nalishi talabalari jamoasi.
G‘olib bo‘lgan jamoa ishtirokchilariga diplom, medal hamda bosh sovrin Kubok tantanali topshirildi!
https://t.me/uzdjtsu_rasmiy