#fleshmob
#Aksilkorrupsiya_oyligi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Aksilkorrupsiya oyligi doirasida universitet fakultetlari va kafedralari kesimida turli tadbirlar o‘tkazilib, unda professor-o‘qituvchilar va talabalar faol ishtirok etishmoqda.
Xususan, mazkur hafta mobaynida Futbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Yakkakurash sport turlari fakulteti tomonidan oliy taʼlim jarayonidagi korrupsiyaviy huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” shiori ostida fleshmoblar o‘tkazildi.
Shuningdek, Qishki sport turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi tomonidan Qibray tumanidagi 34-umumta’lim maktabi o‘quvchilari va mahalla faollari uchun “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib, unda Qishki sport turlariga bo‘yicha simulyatsiya markazi faoliyati haqida ma’lumotlar berildi.