2023-yil 30-oktyabr kuni universitetining 3-sonli TTJda Ko‘pkurash sport turlari hamda Kurash fakulteti talaba-qizlari oʻrtasida “Qiz bolalar tarbiyasi — millatning ertasi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Universitet Xotin-qizlar maslahat Kengash raisi, fakultet mas’ullari, tyutorlar va talaba-qizlar o‘rtasida olib borilgan mazkur davra suhbatida qizlar tarbiyasining muhim jihatlari haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, qizlarga oilaviy qadriyatlarni hurmat qilish, ozodalik, ma’naviy-axloqiy tarbiya borasida maslahatlar berilib, diniy ekstremizm, zoʻravonlik kabi salbiy holatlarning oldini olish to'g'risida ham tushuntirish ishlari olib borildi.
Tadbir yakunida talaba-qizlarning bo‘sh vaqtidan unumli foydalanishlari uchun badiiy kitoblar taqdim etildi.