Kuni kecha “INFOLIB OʻZBEKISTON-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘z ishini boshladi. Mazkur haftalik doirasida “Yosh kutubxonachilar III forumi” tashkil etilib, unda yosh kutubxonachilar hamda soha mutaxassislari ommaviy kutubxona xizmatlarini yangilash, raqamli elektron resurslarni kengaytirish va milliy kutubxona tizimini modernizatsiya qilish singari dolzarb masalalar boʻyicha o‘zaro fikr almashishmoqda.
Forumda Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining ARM direktori v.v.b. M. Aralova hamda yetakchi mutaxassisi H.Ismatovalar ham ishtirok etib, ushbu sohadagi tajribalarini oshirimoqdalar.
Eslatib o‘tamiz, forum joriy yilning 27-oktyabriga qadar davom etadi.