#psixolog_va_xotin_qizlar_faoliyati
#Xotin_qizlar_uchun_maslahat_kuni
Kuni kecha oliygohda Xotin qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Sh.Aliyeva, universitet psixologi J. Ashirova, tyutorlar va talabalar ishtirokida navbatdagi "Xotin-qizlar orasida maslahat kuni" bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbir 21-oktyabr O‘zbek tili bayrami kuniga bag‘ishlanib, unda Yakkakurash sport turlari fakulteti tashabbusi bilan talaba-qizlar o‘rtasida pazandachilik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida tayyorlangan milliy taomlar hakamlar tomonidan ijobiy baholandi. Shu bilan birga, Sport o‘yinlari, Qishki sport turlari va paralimpiya hamda Sportni boshqarish fakulteti talabalari ishtirokida tayyorlangan bayram dasturi yig‘ilganlarga birdek manzur bo‘ldi.
Shuningdek, qizlar o‘rtasida psixologik muhit hamda pozitiv kayfiyatni barqarorlashtirish maqsadida ularga huquqiy va psixologik maslahatlar berilib, individual suhbatlar o‘tkazildi.