#kutubxona va muzeyga tashrif
#murabbiylik_soati
Kuni kecha universitetning Ko‘pkurash sport turlari fakulteti tyutorlari va talabalar "Аxborot va murabbiylik soati"da poytaxtimizning diqqatga sazovor joylari hisoblangan Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Аlisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talaba-yoshlar muzeydagi moddiy va ma’naviy manbalar, tarixiy eksponatlar bilan yaqindan tanishib, o‘z bilimlarini yanada boyitishdi. Shuningdek, O‘zbekiston Milliy kutubxonasida shoir Bobur Bobomurod ishtirokida tashkil etilgan "Davlat tili" bayram tadbirida ham qatnashishdi va u yerdan bir olam taassurot bilan qaytishdi.