Turkmaniston Sog‘liqni saqlash va tibbiyot sanoati, Turkmaniston taʼlim vazirligi hamda Turkmaniston jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi tomonidan 2023-yilning 11-13 oktyabr kunlari Ashxabod shahrida “Qudratli davlatning yangi tiklanish davrida Sog‘liqni saqlash, taʼlim va sport” mavzusidagi Xalqaro ko‘rgazma va anjumani o‘tkazilmoqda.
Mazkur xalqaro ko‘rgazma va anjumanda Turkmaniston jismoniy tarbiya va sport institutining taklifiga binoan universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori B.Musayev hamda Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri K.Ziyadullayevlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etishmoqda.