Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan taniqli siyosatshunos, faylasuf, jurnalist va tarixchi Narzulla Jo‘rayev ishtirokida “Milliy tiklanishdan –milliy yuksalish sari” mavzusida targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda universitet birinchi prorektori Sh.Mirzanov, fakultet dekanlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida N.Jo‘rayev tomonidan mustaqillik tushunchasining asl mazmun-mohiyati, istiqlolgacha bo‘lgan davrda ne-ne voqealarni boshidan kechirgan xalqimiz uchun O‘zbekiston mustaqilligi – hayotimizni, ong-u shuurimizni tubdan o‘zgartirgan olamshumul voqea bo‘lganligi kabi chuqur mulohazalarga boy ma’ruza qilindi. Shuningdek, so‘nggi yetti yillik davr tafakkur hamda boshqaruvdagi yangilanishlar, o‘zgarishlar davri bo‘lgani va bunda yoshlar ertangi yorqin kelajagimizning ishonchli umidi ekanliklarini alohida qayd etdi.
Yakunda tadbir mehmoniga universitet rahbariyati tomonidan o'ziga xos va qimmatli ma’ruzasi bilan talab-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda qo‘shgan hissasi uchun tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.