Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tashabbusi bilan yurtimizda 5-maratoba tashkil etilayotgan Yevropa harakatlanish haftasi doirasida “Energiyani tejanag” shiori ostida yugurish marafoni o‘tkazildi.
Dastlab, so‘zga chiqqan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi raisi M.Hamzayev, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Sh.Mirzanovlar, ushbu marafon – aholiga harakatlanishning ekologik toza vositalari – piyoda, velosipedda, metro va tramvayda yurishdan foydalanishni taklif etish, bunday tanlov esa energiyani tejabgina qolmay, atrof-muhit holatini ham yaxshilashi va odamlar farovonligi darajasini oshirishga xizmat qilishini alohida qayd etishdi.
Aytish joizki, marafonda 1000 ga yaqin universitet talabalari va professor-o‘qituvchilari, shuningdek Toshkent viloyati yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasi vakillari ham faol ishtirok etib, o‘zlarini sog‘lom hayot tarafdori ekanliklarini namoyon etishdi!