Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O'quv ishlari bo‘yicha prorektori A.Xodjayev birinchi bosqich talabalariga ochiq dars mashg‘ulotini olib bordi.
Ochiq dars “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi” mavzusida o‘tkazilib, unda talabalarga o‘quv jarayoniga tadbiq etilgan kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati tushuntirildi va fanlarga ajratilgan kreditlar hamda HEMIS axborot tizimi to‘g‘risida qimmatli maʼlumotlar berildi.