Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻiga asosan 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
“Oliy ta’lim a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanganlar:
Abduraxmanov Ferdeus Axmetxanovich – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti “gandbol, regbi nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi dotsenti
Olimov Muxsinbek Sotivoldiyevich – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti yengil atletika nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professori
Pulatov Azad Artikovich – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti professori
Svetlichnaya Nailya Kamilevna – O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti adaptiv jismoniy tarbiya va sport kafedrasi dotsenti
Ma’lumot uchun mazkur koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridagi pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.