Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbek va chet tillari kafedrasi tashabbusi bilan 26 sentyabr – Yevropa tillari kuniga bag‘ishlab birinchi kurs talabalari ishtirokida tadbir tashkil etildi.
Unda so‘zga chiqqanlar mazkur sana tarixiga oid qiziqarli maʼlumotlarni berish barobarida, uni nishonlashdan maqsad, yoshlarni xorijiy tillarni o‘rganishga rag‘batlantirish va turli madaniyatlar o‘rtasidagi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashdan iborat ekanligini taʼkidladilar.
Shuningdek, talabalar Yevropa tillarining bir nechtasida o‘z tabriklarini izhor etishdi. Ifodali o‘qilgan sheʼr va kuy-qo‘shiqlar ham tadbir qatnashchilarga xush kayfiyat ulashdi.