#talaba_yutuqlari
#Xanchjou_2022
Barchaning diqqat eʼtiborida bo‘layotgan Xanchjou – 2022 Osiyo o‘yinlarida sportchilarimiz birin-ketin medallar shodasini yog‘dirishda davom etmoqda.
Bugun O‘zbekiston delegatsiyasiga navbatdagi oltin medalni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Muzaffarbek To‘raboyev taqdim etdi. U dzyudo bo‘yicha -100 kg vazn toifasida mo‘g‘ulistonlik Gonchigsuren Batxuyagni mag‘lubiyatga uchratib, Osiyo chempioniga aylandi.
Osiyo o‘yinlaridagi barcha jarayonlarni biz bilan birga kuzating!