Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida 6 sentyabr – Butunjahon kurash kuni munosabati bilan oliygohning Milliy kurash turlari nazariyasi va uslubiyati kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Unda universitetning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektori Sh.Mirzanov tomonidan Kurash Xalqaro assotsiatsiyasining tashkil etilganiga 25 yil to‘lganligi, shuningdek kurash bugun ming-minglab insonlarning taqdiri, hayot yo‘liga aylangani va 25 yil ichida ushbu sport turi 100 dan oshiq mamlakatda ommalashib borayotgani to‘g‘risida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib o‘tdi.
Maʼlumot o‘rnida, kurash sport turi Osiyo, Afrika va Yevropa o‘yinlari dasturiga kiritilgan.