#xushxabar
#talaba_yutuqlari
Xabaringiz bor, ayni vaqtda Ispaniyaning Valensiya shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Eng Quvonarlisi, O‘zbekiston delegatsiyasi uchun Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga ilk yo‘llanma O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Sportni boshqarish va turizm fakulteti, badiiy gimnastika yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Taxmina Ikromova tomonidan taqdim etildi!
Sportchimiz ko‘pkurash dasturida 4 mashq yakunidan so‘ng 124.200 ball bilan 9-o‘rinni egalladi. Qayd etish kerakki, ushbu natija bilan Taxmina Ikromova Parij-2024 Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi 14 talikdan munosib o‘rin egalladi.
Maʼlumot o‘rnida, sportchimiz bulava va tasmadagi mashqda final bosqichiga yo‘l oldi.
Sportchilar oilasiga ajoyib g‘alaba muborak bo‘lsin!