Joriy yilning 9 iyul kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida rektor Maxmudjon Boltabayev va Vengriya rektorlari konferensiyasi vitse-prezidenti, Shopron universiteti rektori Attila Fabian bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitetlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘yish, professor-o‘qituvchilarni malakasini oshirish, ilmiy-anjumanlar o‘tkazish borasida fikr yuritildi.
Suhbat davomida ikki oliygoh o‘rtasida axborot almashuvini kengaytirish, tajriba almashish va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv mazmunli va konstruktiv bo‘lib o‘tdi.