Joriy yilning 11-18 iyun kunlari O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev hamda Yakkakurash sport turlari fakulteti dekani Valixan Anashovlar Turkiya davlatidagi oliy taʼlim muassasalarida ilg‘or tajribalarni o‘rganish maqsadida xorij safarida bo‘lib qaytishdi.
Safar davomida universitetimiz vakillari Turkiya davlatining bir qator yetakchi oliy ta’lim muassasalari, jumladan Otaturk, Istanbul, Gazi, Bursa Uludag‘ hamda Selchuk kabi universitetlarida bo‘lib, ularning barchasi bilan hamkorlik Memorandumlarini imzolashga erishdi.
Qayd etish kerakki, mazkur anglashuv memorandumlari, kelgusida xalqaro ilmiy-anjumanlarni hamkorlikda tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, talabalarning almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma dasturlar va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, sport sohasidagi yangi innovatsion ishlanmalarni tadbiq etish, shuningdek, ta’limning magistratura va doktarantura bosqichlari bo‘yicha ilmiy kadrlar tayyorlash yuzasidan hamkorlik qilish imkoniyatini yaratdi.