Shu kunlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev hamda Yakkakurash sport turlari fakulteti dekani Valixan Anashov Turkiya davlatidagi oliy taʼlim muassasalaridagi ilg‘or tajribalarni o‘rganmoqda.
Kuni kecha universitetmiz vakillari Turkiyaning Erzurum shahridagi Otaturk universitetiga tashrif buyurishdi. Vakillarimizni Otaturk universitetining Ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori professor Mustafo So‘zbilir, universitet qoshidagi ilmiy tadqiqot instituti professori Fotih Kiyiji hamda fakultet dekani professor Fozil Kishali kutib olishdi. Shundan so‘ng universitet rektori professor Omer Chomakli bilan o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari o‘rnatgan holda, ikkala universitetlar o‘rtasida memorandum imzolandi.
Anglashuv memorandumiga asosan xalqaro ilmiy-anjumanlarni hamkorlikda tashkil etish, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, talabalarning almashinuv dasturini yo‘lga qo‘yish, qo‘shma dasturlar va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.