Bugun O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Maxmudjon Boltabayev boshchiligida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar yuzasidan tanqidiy-tahliliy ruhda yig‘ilish o‘tkazildi.
Unda prorektorlar, bo‘lim rahbarlari, fakultet dekanlari va ularning o‘rinbosarlari, kafedra mudirlari tyutorlar hamda tarbiyachi-pedagoglar ishtirok etishdi.
Yig‘ilish davomida Talabalar turar joylarida ma’naviy muhit qoniqarli emasligi, talabalarning belgilangan tartib-qoidalar va yaratilgan sharoitlardan foydalanishda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, shartnoma shartalarining o‘z vaqtida bajarilishi nazoratga olinmaganligi universitet rektorining qat’iy e’tiroziga sabab bo‘di. Shuningdek, tarbiyachi-pedagoglar hamda tyutorlar faoliyati talab darajasiga javob bermayotganligi hisobga olinib, universitet Kengashiga bu borada o‘z takliflarini tayyorlash vazifasi yuklatildi.
Yakunida esa rektor tomonidan yuqoridagi masalalar va yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi.